22:00 / 11.09.2017
3 899

Abror Zohidov: Babayan ketmasin!

Abror Zohidov: Babayan ketmasin!
Rostda! Nega endi qilg‘ilikni qilib qo‘yib, osongina iste’foga chiqib ketarkan. Ertaroq ketsa tushunarli bo‘lardi – yangi murabbiy xatolarni to‘g‘irlab, kerakli natijaga erishishini kutardik. Endi hammasi kutganimizdanda rasvo bo‘ldi. Shunday ekan, Babayan ketmasin. Har biri uchun javob bersin!

Shu kunga qadar terma jamoa uchun umuman qancha mablag‘ sarflandi, kimlarning maoshi qanaqa edi, qoniqarsiz o‘yinlardan keyin biz ko‘rmagan parda ortida qanday choralar muhokama qilingandi, federatsiya nega botqoqqa botaverganimizni ko‘ra-bila turib ham hatto barmog‘ini qimirlatmadi, umuman bizda futbol tizgini kimning qo‘lida, muxlislarning birorta fikri inobatga olinmaydigan bo‘lsa – bunday futbolning bizga nima keragi bor, qachon hech bo‘lmasa terma jamoamizda shaffof tizim yo‘lga qo‘yiladi, nega 30 ming so‘mlik chiptalar bir aylanib 100 ming so‘m bo‘lib qoladi, buning ortidagi milliardlar kimning cho‘ntagini qappaytiradi?

Shunday savollarga janob Babayan va shu kunga qadar kursisini bo‘shatmay kelgan futbol korchalonlari javob bermagunlaricha, birortasi iste’foga ketmasin! Hozir endi bizga yangi murabbiyning ham, jamoaning ham keragi yo‘q. Ha, aynan shunday, yo‘q keragi!

Hozir, aytaylik Shkvirin kelib yangitdan jamoa tuza boshlaydi, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazib (balki yopiq stadionlarda), maza qilib yutamizmi? Yana o‘zimizni yolg‘on g‘alabalar bilan aldaymizmi?

Yo‘q, vaziyatga jiddiy qaraylik. Yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qolavermasin. Keyingi keladigan murabbiy ham bilsin, agar xatolarini vaqtida tuzatishni yo‘lga qo‘ymasa – oxirida har biri uchun javob beradi!

Shunday ekan, hamma savollarimizga javob topilmaguncha Babayan ham, federatsiya rahbariyati ham o‘z o‘rnidan qimirlamasin.

Yetar shuncha xo‘rliklar!

Abror Zohidov

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Zohidov: Babayan ketmasin!