
"Barselona" himoyachisi Pike "Espanol"ga (5:0) qarshi o‘yindagi qilig‘i uchun La Liga tomonidan jazolanishi mumkin.
Futbolchi o‘yindagi gollardan birini urganidan so‘ng, har doimgidek, xotini Shakiraga qarata har bir qo‘lida ikki barmog‘ini ko‘rsatgan. Biroq, sal o‘tgach, chap qo‘lidagi o‘rta barmog‘i bilan ishora qilgan.
Ispaniya matbuoti gumoniga ko‘ra, bu ishora "Espanol" muxlislariga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Endi La Liga intizom qo‘mitasi voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini o‘tkazadi.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar