
17 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi mashhur T-Mobile arenasida professional boks bo‘yicha yilning eng muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tadi.
Eng nufuzli WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin hamda The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng kuchli bokschisi meksikalik Saul Kanelo Alvares o‘zaro ringga chiqishadi.
Butun jahon boks muhlislarining katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan ushbu boks kechasining eksklyuziv translyatsiya huquqini UZREPORT TV qo‘lga kiritdi.
Demak, 17 sentyabr, yakshanba, soat 8:00dan boshlab muxlislar Golovkin – Alvares jangini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Manba: www.uzreport.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar