Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko “qirollik klubi” bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda “Real” klubining Matbuot xizmati xabar bermoqda deydi Qalampir.uz nashri.
Unga ko‘ra, Isko “Real” bilan 2022 yilga qadar bo‘lgan shartnomaga imzo chekkan.
Shuningdek, “qirollik klubi” Iskoning yangi shartnomasidagi tovon pulini 700 million yevro etib belgilagaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik himoyachi Marselo ham “Real” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgandi.
Joriy yilning 3 avgust kuni Fransiyaning “PSJ” klubi “Barselona”ga Neymarning 222 million yevro tovon pulini to‘lab, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Brazliyalik hujumchi hozirgi kunda dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
Agar qaysidir jamoa Iskoni sotib olish niyatida bo‘lsa, ularga Neymar kabi 3 ta futbolchini izlab topishni maslahat bergan bo‘lardik.
Chunki Neymar 222 million yevro tursa, Iskoning transfer narxi 700 million yevro deya belgilab qo‘yilgan. Undan tashqari “qirollik klubi” o‘z futbolchisini ushbu pullarga ham qo‘yib yuborishi amri mahol. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas