“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi quyidagi fikrlarni bildirdi.
-Avvalo muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yinga tuzgan rejamiz amalga oshdi. Rejamiz shundan iborat ediki, bugun biz himoyada xato qilmasdan, qarshi hujumlar orqali raqibni jazolash edi. Nimagaki, “Lokomotiv”dek jamoa bilan ochiq futbol o‘ynash, ko‘ngilsiz natijaga olib keladi. Chunki, jamoada tajribali o‘yinchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Rejamizni uddaladik. Bugungi o‘yinda yaxshi himoyalandik. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizni xursand eta oldik. Bu biz uchun juda yoqimli.
Bugun Kenjaboyev muxlislarda yaxshi taasurot qoldirdi, u astoydil harakat qildi. Ushbu o‘yinchimizning individual harakatlari ham yaxshi shakllanayapti. Unga ishonch bildirishda davom etamiz. Bunday iqtidorli yoshlar bizda ko‘p. O‘zini ko‘rsatgan yoshlarimizga shunday ishonch bildirishda davom etaveramiz, deydi Berdiyev.
Shuningdek, jurnalistlar tomonidan, "milliy terma jamoani boshqarishga ko‘zingiz yetadimi?"qabilidagi savolga "Nasaf" ustozi, "Yo‘q, terma jamoaga horijlik mutahassis kerak!", deya javob qaytardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi