Yakshanba kuni parijliklarning «Lion»ga qarshi o‘yinida jamoa hujumchilari gol urish o‘rniga bir-biri bilan ziddiyat boshladi. «PSJ» bu o‘yinda raqib futbolchilari tomonidan urilgan ikki avtogol evaziga g‘alabaga erishdi.
Lekin OAV va muxlislar natija qolib, jamoaning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani va braziliyalik futbolchilari Neymar hamda Dani Alves ishtirokidagi epizodlarni muhokama qilishga kirishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Vaziyatlardan birida, hali hisob ochilmagan vaqtda mehmonlar darvozasi tomoni jarima zarbasi belgilandi. Bu zarbani Edinson Kavani ijro etishni istagandi, ammo Dani Alves kelib, to‘pni undan tortib oldi. U keyinroq to‘pni o‘zi jarima zarbasini tepish niyatida olganini aytdi.
Lekin bu videoda u to‘pni Kavanidan yashirib, shu zahoti Neymarga uzatganini ko‘rish mumkin.
Neymar esa bu imkoniyatdan foydalana olmadi.
79-daqiqaga kelib, hisob 1:0 ko‘rinishiga kelganida, «PSJ» penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Kavani yana jarima zarbasini ijro etishga chog‘landi, Neymar uning yoniga kelib to‘pni berishni so‘radi, ammo urugvaylik futbolchi bu safar bo‘sh kelmadi, qolaversa, bu safar Neymarning yonida Alves yo‘q edi.
U ham gol ura olmadi!
«PSJ» baribir bu o‘yinda g‘alabaga erishdi,«Lion» himoyachilari yordami bilan – 2:0.
Ammo o‘yindan keyin kiyim almashtirish xonasida jiddiy tortishuv bo‘lib o‘tgan, Kavani stadion hududini jurnalistlardan yashirinib, yashirin eshik orqali tark etgan. Neymar esa instagramda urugvaylik jamoadoshini kuzatib borishni to‘xtatgan.
«PSJ»da yakkahokimlik uchun kurash davom etadigan ko‘rinadi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri hozircha bu vaziyatga aralashishni istamayapti, u futbolchilar bu masalani o‘zlari hal qilib olish kerakligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!