12:10 / 19.09.2017
4 987

Valverde: "Dembelening jarohati? Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan bo‘lardi"

Вальверде: "Дембеленинг жароҳати? Ёши катта футболчи бундай ҳаракат қилмаган бўларди"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida (2:1) jarohat olgan hujumchi Usmon Dembeleni tanqid qildi.

Bir vaziyatda 20 yoshli futbolchi maydonni tark etayotgan to‘pga yetib oldi va unga tovoni bilan zarba berdi. Shundan so‘ng u jarohat oldi va 4 oyga safdan chiqdi.

"Dembelening jarohati? Usmon hozirgacha mushak jarohatini olmagan va bu nima ekanligini bilmaydi. U tovoni bilan o‘ynagani uchun shikastlandi. Bu esa shunga o‘xshash shikastlanishlarning eng xavflisi. Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan va to‘pni chiqib ketishiga imkon bergan bo‘lardi" - deydi Valverde.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valverde: "Dembelening jarohati? Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan bo‘lardi"