
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rio Ferdinand professional bokschiga aylanadi, deya xabar beradi The Telegraph nashri. Sobiq futbolchi 19 sentyabr kuni “muhim e’lon”ni aytishini ma’lum qilgan. Yanvarda Ferdinand boksdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qilgan edi. Hattoki hazil tariqasida Entoni Joshua, Devid Xey va Toni Bellni ringga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ferdinand boksga o‘tgan birinchi futbolchi emas. “Sheffild Yunayted” va Angliya yoshlar termasi sobiq a’zosi Kertis Vudxaus 2006-2014 yillarda 22 marta professional ringga ko‘tarilgan va shundan so‘ng futbolga qaytgan va murabbiylik bilan shug‘ullangan.
Ferdinand “Vest Xem”, “Bornmut”, “Lids” va faoliyatining katta qismini 2002-2014 yillarda “Manchester Yunayted”da o‘tkazdi. “MYu” bilan 14 sovringa ega chiqdi. Bitta YeChL va olti marta Angliya chempionati g‘olibligi ham shular qatorida.
Angliya termasida 81 o‘yinda 3 golga mualliflik qilgan va JCh-1998, 2002 va 2006da ishtirok etgan. Ferdinand faoliyatini 2015 yili “KPR”da yakunladi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar