09:03 / 25.09.2017
3 515

AQSh sportchilari tiz cho‘kdi, lekin nega?

AQSh sportchilari tiz cho‘kdi, lekin nega?
O‘tgan hafta, juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp amerika futboli o‘yinchilarining madhiya paytida bajarayotgan norozilik harakatini tanqid qilganidan so‘ng, barchaning nigohi dam olish kunlari o‘tadigan o‘yinlarda bo‘ldi. Boisi, futbolchi sabot bilan yana buni takrorlaydimi yo mamlakatda prezidentining siyosiy irodasi ustunmi, bu savolga javob topilishi zarur.

Gap shundaki, janob Tramp ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogi orqali ham irqchilikka "tizzasiga cho‘kkan holda madhiyani tinglash" tarzida qarshiligini ifodalayotgan sportchilarni qoralab chiqqan. Vaholanki, yakshanbaning eng birinchi o‘yinlaridan birida bu holat yana takrorlandi, shuningdek, Jeksonvil Jaguar egasi, bir paytlar Donald Tramp saylovoldi kampaniyasiga 1 million dollar xayriya qilgan Shahid Xon ham norozilik harakatiga qo‘shildi.

Bular ortidan, mashhur qo‘shiqchi Stiv Vonder, Oklend Atletlari jamoasi a’zosi Bryus Maksvel tiz cho‘kishi bilan o‘z noroziligini kimga bildirayotgani mavhum qolmoqda. Endilikda tiz cho‘kish irqchilikka qarshimi yo prezidentning no‘noq gaplariga? Nima bo‘lganda ham bu kun AQSh sportchilarini tiz cho‘ktirgani bilan tarixda qoldi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSh sportchilari tiz cho‘kdi, lekin nega?