Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda davom etayotgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida finalga chiqdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha bo‘lib o‘tgan yarim final bahsida Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘zbekistonning finaldagi raqibi "Osiyo yo‘lbarslari" hisoblangan Eron terma jamoasi bo‘ladi. Forslar yarim finalda Afg‘onistonni 8:2 hisobida mag‘lub etishdi. Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining futzal bellashuvlarida bundan oldin faqat Eron chempion bo‘lgan. Ertaga forslar beshinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishadi. Bizning terma jamoamiz esa shu kungacha ushbu musobaqada 3 bor bronza medalini qo‘lga kiritgan. Demak, ertangi o‘yin O‘zbekiston uchun birinchi final bo‘ladi.
Futzal, 3-o‘rin uchun
26.09.2017
17:00. Afg‘oniston - Yaponiya
Final
26.09.2017
19:00. Eron - O‘zbekiston “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi