12:32 / 27.09.2017
4 711

«Borussiya» - «Real» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

«Borussiya» - «Real» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL guruhi bosqichi 2-turi doirasida Dordmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan bahsning (3:1) eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar bergan.

Portugaliyalik forvard ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib, uchrashuvning asosiy qahramoniga aylandi. Endilikda, uning hisobida musobaqaning ikki o‘yinida to‘rtta gol bor. Avvalroq u APOEL bilan bellashuvda (3:0) ham dubl qayd etgandi. «Qaymoqranglilar» keyingi bahsda Madridda «Tottenhem Hotspur» bilan kuch sinashadi (17 oktyabr).

H guruhidagi turnir jadvali: 1. «Tottenhem» – 6 ochko; 2. «Real» — 6; 3. «Borussiya» D — 0; 4. APOEL — 0.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Borussiya» - «Real» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi