
Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. «A» guruhida bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvda jami 10ta gol kiritildi.
«MYu» SSKA mehmoni bo‘lib, Romelu Lukakuning dubli, Marsiyal va Genrix Mxitaryanning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Bazel» esa o‘z uyida birinchi turda ham mag‘lub bo‘lgan «Benfika» darvozasiga javobsiz beshta gol kiritdi.
Ushbu natijalardan keyin «MYu» 6 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. SSKA va «Bazel»da uch ochkodan mavjul bo‘lsa, «Benfika» birorta ham ochko to‘play olmagan
Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«A» guruhi
SSKA Rossiya – Manchester Yunayted Angliya 1:4 (0:3)
Gollar: Kuchayev (90) – Lukaku (4, 26), Marsiyal (18, penalti), Mxitaryan (57).
SSKA: Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy, Щennikov, Ignashevich, Vernblum, Dzagoyev (Milanov, 72), Golovin, Fernandes, Chalov (Jamaletdinov, 67), Vitino (Kuchayev, 84).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Bayi, Blind, Lindelyof, Errera, Yang (Darmian, 67), Matich, Mxitaryan (Lingard, 60), Marsyal (Reshford, 72), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Golovin (42), Vernblum (54), Vitino (59).
Bazel Shveysariya – Benfika Portugaliya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: Lang (2), Oberlen (20, 69), van Volfsvinkel (59, penalti), Riveros (76).
Bazel: Vatslik, Suxi, Akandji, Alvares (Die, 80), Petretta (Riveros, 68), Dzuffi, Djaka, Shteffen, Lang, Oberlen (Elyunussi, 74), van Volfsvinkel.
Benfika: Julio Sezar, Luizao, Grimaldo, Andre Almeyda, Jardel, Feysa, Pitssi, Jivkovich (Samaris, 74), Servi (Salvio, 46), Jonas (Seferovich, 67), Ximenes.
Ogohlantirishlar: Akandji (45), Petretta (50), Djaka (55), Jivkovich (55), Salvio (59).
Chetlatish: Andre Almeyda (62). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar