Agar Kataloniya Ispaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, «Barselona»ning o‘zi aynan qaysi chempionatda to‘p surish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Kataloniya sport vaziri Jerar Fiyeras gapirib o‘tdi. Uning fikriga bu chempionatlar Angliya, Fransiya yoki Italiya kabi qo‘shni davlatlar ham bo‘lishi mumkin.
«Barselona», «Espanol» va «Jirona» bu masalani o‘zaro hal qilib olishlari kerak: Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishadimi, yoki Italiya, Fransiya yoki Angliya chemipionatlaridan birini tanlashadimi.
UYeFA bir jamoaning o‘z milliy chempionatida emas, boshqa mamlakat chempionatida ishtirok etishiga qarshilik qiladi deb o‘ylamayman», — deya Fiyerasning so‘zlarini keltiradi Britaniya tabloidi Mirror.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bunday hech qanday bir fantastik o‘ylanadigan jihatlar yo‘q. Oddiy misol sifatida Andorraning «Andorra» nomli jamoasi allaqachon Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ular hozir beshinchi divizionda to‘p surishmoqda. Boshqa bir misol «Monako». ular Fransiya chempionatida to‘p surishmoqda
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni Kataloniyada hududning Ispaniyadan ajralib chiqib, mustaqqil bo‘lishini yoqlash yoki rad etish bo‘yicha referendum tashkil qilinadi. Ispaniya Konstitutsion sudi ularning qarorini noqonuniy deb topgan, ammo Kataloniya hukumati sudning bu qarorini tan olmayapti.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"