Joriy yilning 4-7 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida qozoq boks maktabi asoschisi Shokir Bultekul xotirasiga bag‘ishlangan X xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketishdi, deb yozmoqda Sports.uz.
Turnir boshlangunga qadar o‘zbekistonlik bokschilar tayyorgarlikni o‘sha yerda davom ettirishadi.
Jamoa ushbu turnirda to‘liq tarkib – 10 nafar bokschi bilan ishtirok etadi. To‘lqin Qilichev va Rustam Saidov murabbiylar shtabidan o‘rin olgan, Bekjon Yusupov esa hakam sifatida ishlaydi.
To‘liq tarkib bilan tanishing:
49 kg – Mironshoh Ibrohimov
52 kg – Foziljon Abdumurodov
56 kg – Murodjon Ahmadaliyev
60 kg – Elnur Abduraimov
64 kg – Otabek Xolmatov
69 kg – Odiljon Aslonov
75 kg – Isroil Madrimov
81 kg – Madiyar Saidrahimov
91 kg – Sanjar Tursunov
+91 kg – Bahodir Jalolov “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi