«Barselona» jamoasi himoyachisi Jerar Pike siyosiy vaziyat shuni taqozo etsa, Ispaniya terma jamoasidan ketishga tayyor, deb yozadi Kun nashri.
Ushbu 30 yoshli futbolchining vatani hisoblanadigan Kataloniyada 1 oktyabr kuni Ispaniyadan alohida ajralib chiqish uchun referendum o‘tkazildi. Ispaniya hukumati bu referendumni qonuniy emas, deb topdi va politsiya hamda fuqarolik gvardiyasini saylov uchastkalarini yopishga yubordi. Natijada politsiyachilar va tinch aholi vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
«Frankizm yillarida bizda o‘z fikrimizni aytish uchun imkon bo‘lmagan. Men katalonman, kataloniyalikligimdan faxrlanaman. Bilaman, Ispaniya poytaxtida bizning demokratiya uchun intilishlarimizni qoralovchi kishilar topiladi.
Agar terma jamoa murabbiyi yoki futbol federatsiyadagi boshqa kimdir meni milliy terma jamoada muammolar tug‘dirishi mumkin deb hisoblasa, men ularga 2018 yilgi jahon chempionatidan oldin muammo tug‘dirmaslik uchun terma jamoadan ketishim mumkin», – degan Pike to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida ko‘ziga yosh olib.
Ispaniya terma jamoasi murabbiyi hozirda Xulen Lopetegi hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi