«Parma» jamoasining yangi egasi Suleyman Kerimov bo‘lib chiqdi

Kecha «Parma» sport direktori Petro Leonardi jamoa ruslarga sotilgani haqida xabar bergan edi. Yaqin soatlar ichida chiqqan xabarga ko‘ra, jamoani rus biznesmeni Suleyman Kerimov 50 million evro evaziga sotib olgan. Bu haqida «Corriero dello Sport» nashri ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bu pulning 43 million evrolik qismi «Parma»ning qarzlarini yopish uchun carflanadi.
2007 yildan beri jamoa prezidenti bo‘lib kelayotgan Tommazo Girardi «Parma» o‘tgan yili chempionatda UEFA Kubogida qatnashish yo‘llanmasini beruvchi o‘rinni egallasa ham, tashkilot turnirda qatnashishga ruxsat bermaganidan keyin jamoani sotishga qaror qilgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili «A» seriyada 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan parmaliklar bu mavsumda eng oxirgi o‘rinni egallab turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, dunyo boylari ro‘yxatida 162-o‘rinda turgan Suleyman Kerimov «Anji» jamoasining ham xo‘jayini hisoblanadi.
Manba: ww.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing