2018 yilning 23 martida Rossiya terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda mashhur sport sharhlovchisi Nobel Arustamyan ma’lum qildi.
"Kuni kecha Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvada Rossiya terma jamoasi "Spartak" stadionida Ispaniyaga qarshi o‘ynashi haqida xabar berdi. Bu haqiqat. Yana bir haqiqat shundan iboratki, Rossiyaning ikkinchi raqibi Argentina terma jamoasi ham bo‘lishi mumkin.
Rossiya Futbol federatsiyasi argentinaliklar bilan kelishdi, hattoki gonorar ham hal qilingan, biroq eng katta muammo – Argentinaning jahon chempionatiga saralash bosqichidagi ishlari yomon. Agarda ular o‘z saralash bosqichlarida to‘rt o‘rindan birini qo‘lga kiritsa, noyabrda poytaxtda Argentina terma jamoasini kuting.
Va aniq 23 mart kuni "Lujniki" o‘yingohida balki hamma kutadigan o‘yin o‘tkaziladi – Moskvaga Braziliya terma jamoasi keladi va Rossiyaga qarshi o‘ynaydi", – dedi sharhlovchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi