
Kataloniya hukumati 1 oktyabr kuni o‘tkazilgan referendum natijalarini e’lon qildi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida taxminan 2 million 300 ming fuqaro ishtirok etdi. Bu Kataloniya aholisining 43,03% demakdir. Ularning 90,18% mustaqillikni yoqlab ovoz berdi. 7,83% qarshi bo‘ldi, 1,98% bo‘sh byulletenlarni qutiga tashladi.
Endi Kataloniya hukumati yaqin kunlar ichida mustaqillikni e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya hukumati bu referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan edi.
Agar Kataloniya mustaqilligi rasman tan olinsa, "Barselona", "Espanol" va "Jirona" La Ligani tark etadi.
Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar