
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusida mavsumda Madridda qolishni rejalashtirmayapti. Bu haqda «The Sun» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Ingliz tabloidining futbolchilarga yaqin manbalarga tayanib bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi kelgusi yil yozgi transferlar vaqtida boshqa klubga o‘tishni maqsad qilgan. Bunga sabablardan biri sifatida futbolchining soliqlar bilan bog‘liq mojarolarga duch kelganida klub faol pozitsiyada bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tilgan. Ronalduning fikricha, klub chetga chiqib turmasdan uni himoya qilishi kerak edi.
Ronaldu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan jamoa sifatida «Manchester Yunayted» nomi tilgan olinmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi transferi masalasida ikkala klub aloqaga chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar