
«Yuventus» klubi hujumchi Paulo Dibala bilan umrlik shartnoma imzolashga tayyor.
Bu haqda klub ijrochi direktori Juzeppe Marotta xabar bermoqda.
«Yuventus» – futbolchi sotmaydi, shuning uchun ham Dibalaning narxini belgilamadik. Dibalaning taqdiri o‘z qo‘lida ekanini har doim aytganman. Uning o‘zi esa yaqinda «Yuve» bilan bir umrga qolmoqchi ekanini aytdi. Demak, buni ta’minlash uchun biz katta moliyaviy xarajatlarni qilishimiz shart. Tez orada u bilan yangi shartnoma imzolaymiz, Dibalaning o‘zi bu haqda iltimos qildi», – dedi Marotta La Stampa xabarida.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar