
JCh-2018 saralash bosqichining D guruhi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Hal qiluvchi turda Serbiya o‘z maydonida Gruziyani yengdi va JCh-2018 yo‘llanmasini naqd qildi.
Uels esa Irlandiyaga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o‘rinni ularga topshirib, mundialga chiqish imkoniyatidan quruq qoldi.
Yana bir bahsda Avstriya terma jamoasi Moldaviyadan kichik hisobda ustun keldi.
Guruhdagi yakuniy holat: 1. Serbiya — 21 ochko; 2. Irlandiya — 19; 3. Uels — 17; 4. Avstriya — 15; 5. Gruziya — 5; Moldaviya — 2.
JCh-2018 saralashi, Yevropa
10-tur, “D” guruhi
Serbiya – Gruziya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Priyovich.
Serbiya – Stoykovich, Maksimovich, Toshich, Kolarov, Ivanovich, Tadich (Kostich, 89), Gudel, Lyayich (Priyovich, 61), Matich, Rukavina, Mitrovich (Milivoyevich, 77).
Gruziya – Makaridze, Kashiya, Navalovskiy, Kakabadze, Xocholava, Gviliya, Kankava, Aburjaniya (Dvalishvili, 82), Kazaishvili, Jigauri (Xufnagel, 86), Kvilitaya (Merebashvili, 78).
Ogohlantirishlar: Kvilitaya (19), Matich (43), Maksimovich (70), Priyovich (75), Gviliya (86).
Moldaviya – Avstriya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 69 Shaub.
Moldaviya – Chebanu, Bordiyan, Yepuryanu, Boloxan (Payreli, 86), Rozgonyuk, Anton, Ionitse, Kochuk, Ivanov (Kojokar, 69), Pletike (Ambros, 79), Gыnsar.
Avstriya – Lindner, Veber, Bauer, Danzo, Linxart, Kayns (Lazaro, 59), Grillich, Shaub, Baumgartlinger, Arnautovich (Shobesberger, 81), Burgshtaller (Yanko, 46).
Ogohlantirishlar: Ionitse (18), Kochuk (37), Ivanov (65), Gыnsar (76), Baumgartlinger (90).
Chetlatish: Ionitse (55).
Uels – Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 57 Makkleyn.
Uels – Xennessi, Chester, Devis, Ganter, Uilyams, Remzi, King (Vudbern, 65), Lourens, Ledli, Robson-Kanu (Vouks, 71), Allen (Uilyams, 37).
Irlandiya – Rendolf, Daffi, Uord, Kristi, Klark, Xendrik, Meyler, Makkleyn, Arter (Uelan, 77), Breydi, Merfi (Long, 90).
Ogohlantirishlar: Allen (16), Merfi (72), Klark (79), Rendolf (89), Makkleyn (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar