France Football nashri 2017 yilning «Oltin to‘p» sovrini uchun da’vogarlarni e’lon qilishda davom etmoqda.
Avvalroq, 25 nafar futbolchining ismi sharifi ma’lum qilingan edi. Endi ularning safiga yana 5 nafar futbolchi qo‘shildi.
So‘nggi beshlik safidan «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe, «Real» yarimhimoyachisi Isko, «Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi, «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar va «Real»hujumchisi Krishtianu Ronaldudan tashkil topgan
Avvalroq nomi e’lon qilinganlar — Neymar («PSJ»), Luka Modrich, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – «Real»), Paulo Dibala («Yuventus»), Ngolo Kante («Chelsi»), Luis Suares («Barselona»), Filippe Koutino («Liverpul»), Yan Oblak («Atletiko»), Dris Mertens («Napoli»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Robert Levandovski («Bavariya»), Harri Keyn («Tottenhem»), Edin Djeko («Roma»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Toni Kroos («Real»), Janluiji Buffon («Yuventus»), Sadio Mane («Liverpul»), Radamel Falkao («Monako»), Lionel Messi («Barselona»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya D), Edinson Kavani («PSJ»), Mats Hummels («Bavariya»), Karim Benzema («Real»).
Eslatib o‘tamiz, 30 nafar futbolchidan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qo‘lga kiritadi. «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi