Singapurda o‘tgan marosimda ayol tennischilar uyushmasi (WTA) tennisni yorituvchi xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasida ovoz berish orqali yilning eng yaxshi ayol tennischilari aniqlanadigan WTA Player Awards mukofoti natijalarini e’lon qildi. G‘oliblar 5 yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Yilning eng yaxshi ayol tennischisi ispaniyalik Garbine Mugurusa bo‘ldi. U Uimbldon musobaqasi g‘olibasi bo‘ldi va yil davomida birinchi raqamli ayol tennischi darajasigacha ko‘tarila oldi.
"Yil odimlashi" yo‘nalishida latviyalik Yelena Ostapenko g‘olib bo‘ldi. U bir yil ichida WTA reytingida 30 dan ko‘proq pog‘onaga yuqoriladi va yetakchi o‘ntalikdan joy oldi. Tennischi iyun boshida "Rolan Garros"ni yutdi.
Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Yil juftligi: Martina Xingis (Shveysariya) va Chjan Yunjan (Tayvan)
Yilning eng yaxshi yangi o‘yinchisi: Ketrin Bellis (SShA)
Yil qaytishi: Sloan Stivens (SShA)
Shuningdek, tadbirda eng yaxshi ayol tennischilarning yakuniy musobaqasi uchun qur’a tashlash o‘tkazildi. Yakuniy musobaqa Singapurda 22-29 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Tennischilar guruhlarga bo‘linib bellashadilar. Keyingi bosqichga har bir guruhdan ikki nafar eng yaxshi tennischi yo‘l oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi