«Barselona» safarda «Mursiya»ni taslim etdi

«Barselona» safarda «Mursiya»ni taslim etdi
Ispaniya kubokining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Barselona” – “Mursiya” uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

Unda kataloniyaliklar deyarli ikkinchi tarkib bilan “Mursiya” jamoasini yirik 3:0 hisobida taslim etishdi. Messi jamoadoshlaridan gollarni Pako Alkaser, Jerar Deulofeu va debyutant Xose kabi futbolchilar kiritishdi.

Shu tariqa “Barselona” safardagi birinchi o‘yinning o‘zidayoq keyingi bosqichga chiqish vazifasini 90 foiz amalga oshirdi.

Ispaniya kubokining 1/16 final bosqichi.

Mursiya shahri, “Nueva Kondomina” stadioni.

“Mursiya” – “Barselona” – 0:3 (0:1).


Gollar: Alkaser 44, Deulofeu 52, Xose 56.

“Mursiya”: Santome, Orfila, Mateos (Ortis 76), Ortis, Xuanra, Montes, Molinero (Chamorro 61), Eskribano, Lorente (Sanches 61), Dominges, Eladi.

“Barselona”: Sillessen, Maskerano, Vermalen, Semedu, Din (Kukurelya 83), D. Suares, Gomesh, Deulofeu (Rakitich 76), Alenya (Roberto 76), Xose, Alkaser.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar