22:11 / 25.10.2017
4 692

Ronaldu bugun qo‘lga kiritgan mukofotidan so‘ng nimalar dedi?

Ronaldu bugun qo‘lga kiritgan mukofotidan so‘ng nimalar dedi?
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi va unga “The Best” sovrini topshirildi. Taqdirlash marosimidan so‘ng esa Ronaldu quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Men uchun ovoz bergan barchaga o‘z tashakkurimni bildiraman. Bu yerga kelgan Lionel Messi hamda Neymarlarni ham alohida e’tirof etaman.

Meni yil davomida qo‘llab kelgan “Real” jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Men ketma-ket ikkinchi yil ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqdaman va bu men uchun muhim jarayon.

Butun dunyodagi muxlislarimga rahmat aytib qolaman, Men bugun juda ham baxtiyorman, katta rahmat”
, – deb aytib o‘tdi Ronaldu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bugun qo‘lga kiritgan mukofotidan so‘ng nimalar dedi?