
Portugaliyalik futbolchi dunyodagi eng kuchli charmto’p ustalaridan biri bo’lish uchun o’z ustida tinimsiz mehnat qiladi. U tirishqoqlik va mehnatsevarlikni o’z farzandlariga ham o’rgatmoqda. Futbolchi tomonidan Instagram ijtimoiy sahifasi orqali e’lon qilingan suratda sportchining trenajyor zalida mashq qilayotgani, katta o’g’li esa ukasi uchun enaga vazifasini o’tayotgani aks ettirilgan, deyiladi xabarda.
Ronaldu “Farzandlarimga birinchilikka erishishning yagona yo’li iqtidorli, tirishqoq va fidoiy bo’lish ekanligini o’rgatyapman” deya surat tagiga izoh qoldirgan.
Eslatib o’tamiz, ayni paytda futbolchining Krishtiano ismli o’g’li, Yeva va Mateo ismli egizaklar farzandlari bor. Sevgan qizi 22 yoshli ispaniyalik model Jorjina Rodriges ham ayni paytda homiladorlik holatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar