13:48 / 29.10.2017
8 511

Janubiy Koreyada o‘tuvchi qishki Olimpiada chiptalari taqdim qilindi

Janubiy Koreyada o‘tuvchi qishki Olimpiada chiptalari taqdim qilindi
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tuvchi 2018 yilgi qishki Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi 29 oktyabrda o‘yinlar uchun chiqariladigan chiptalar dizaynini taqdim qildi. Bu haqda Yonhap axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, chiptalarga gologramma, shtrix-kod, uni xarid qiluvchi kishining ismi-sharifi va ularni qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi boshqa elementlar tushiriladi. Tashkilotchilarning aytishicha, Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk bor mobil chiptalar joriy qilinadi.

Chiptalar 30 oktyabr soat 9:00dan uchta asosiy chipta markazlarida sotila boshlanadi. Ular shuningdek 3 noyabrdan qolgan nuqtalarda, jumladan ikkita xalqaro aeroport va 19 ta temir yo‘l stansiyasida sotuvga chiqariladi. Chiptalar egalari Olimpiada vaqtida stadionlar orasida qatnovchi shattl-avtobuslarda bepul harakatlanish imkoni va yana boshqa bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladilar.

Joriy haftada Gretsiyadagi Qadimiy Olimpiyada ushbu Olimpiada mash’alasini yoqish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda 90 ta davlatdan 2,5 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi. Olimpiada ochilish marosimi 9 fevralda Pyongchangda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreyada o‘tuvchi qishki Olimpiada chiptalari taqdim qilindi