Bugun, 15 noyabr kuni 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga chiqish uchun Irlandiya hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinda g‘olib jamoa jahon chempionatiga 30-yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ya’ni Daniya terma jamoasi safarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, irlandiyaliklarni 5:1 hisobida tor-mor keltirdi.
Avvaliga mehmonlar hisobda ortda borayotgan edi, biroq ularning ko‘zlarida JCHda qatnashishi umidi yondi va javobsiz beshta gol evaziga Rossiya yo‘llanmasini naqd qilishdi.
Londonnning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen xett-rik muallifiga aylanib, Daniyaning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Shu tariqa, Daniyaliklarning kuchli irodasi ostida o‘tgan o‘yinda mehmonlar 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani rasmiylashtirishdi
JCH–2018 o‘tish o‘yini, javob uchrashuvi
Irlandiya–Daniya — 1:5.
Gollar: Daffi (6), Kristi (29, avtogol), Eriksen (32, 63, 73), Bendtner 90, penalti.
Irlandiya: Rendolf, Klark (Long, 71), Daffi, Uord, Kristi, Meyler (Xulaxan, 46), Makkleyn, Breydi, Xendrik, Arter (Makgidi, 46), Merfi.
Daniya: Shmeyxel, Kyer, Byelland, Kristensen, Larsen (Ankersen, 54), Dileyni, Kvist, Eriksen, Sisto, Poulsen (Kornelius, 70), Yorgensen (Bendtner, 84).
Dastlabki uchrashuv: 0:0.
Eslatib o‘tamiz, kecha Shvetsiya terma jamoasi JCH–2018 musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishgani haqida xabar bergandik.
Jahon chempionati guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Hozircha 30 jamoa ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib bo‘ldi.
Qolgan guruh bosqichidagi va pley-off uchrashuvlari shu oy yakuniga qadar bo‘lib o‘tadi va barcha — 32 jamoa ro‘yxati aniq bo‘ladi. Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Quyida JCH–2018da ishtirok etadigan jamoalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal, Tunis, Marokash, Shveysariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya.
Ma’lumot uchun, JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning amaldagi chempionlari — Germaniya terma jamoasi mundial yo‘llanmasiga avvalroq ega chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi