
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski YeChLning “V” guruhidagi vaziyatga izoh berdi.
Myunxenliklar ushbu guruhda peshqadam “PSJ”dan uch ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda borishmoqda.
“Imkon bor ekan, doim birinchi o‘rin uchun kurash olib borish lozim. Buning uchun biz “PSJ”ni 4:0 hisobida mag‘lub etishimiz kerak.
Albatta bu oson ish emas. Ammon Myunxenda, “Alyans-Arenada” hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Imkoniyat o‘z qo‘limizda, undan maksimal foydalanishimiz kerak”, deydi hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” birinchi davrada Parijda “PSJ”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Manba: championat.asia
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar