11:55 / 04.12.2017
25 246

Ronaldu nega Irina Sheykdan voz kechib Jorjinani tanladi? (Foto)

Ronaldu nega Irina Sheykdan voz kechib Jorjinani tanladi? (Foto)
Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik mahbubasi Irina Sheyk bilan ajrashganidan keyin 22 yoshli ispaniyalik model Jorjina Rodriges bilan jiddiy munosabatlarni boshlab yubordi.

Krishtianu Ronaldu umrining ko‘p qismini jamoatchilik nazarida o‘tkazadi, shu bilan bir qator u shaxsiy munosabatlarini atrofidagilardan sir saqlay olmaydi.
Chunki futbol yulduzining har bir qadami minglab qorako‘zlar kuzatuvida bo‘ladi.

Ayniqsa futbolchining farzandi, oilasi va ishq olamiga tegishli yangiliklarini deyarli har kuni kuzatib boramiz.
“Qirollik klubi” yulduzi 2015 yilning yanvar oyida rossiyalik model Irina Sheyk bilan munosabatlariga yakun yasadi.

Yakka qolgan Ronaldu shundan so‘ng bir qanchasi bilan ishqiy munosabatda bo‘ldi. Ba’zida ayollar Ronalduning ko‘z qoshiga oshiq bo‘lsa, ba’zan Ronaldu o‘zi istagan juftini uchrata olmadi.

Ammo 2016 yil Ronalduning hayotiga Jorjina Rodriges kirib keladi.
Rodrigesning bir necha marosimlarda Ronaldu bilan birgalikda ishtirok etishi, uning yonida o‘tirishi hech kimda ortiqcha shubha qoldirmadi.


Hammaning og‘zida Ronaldu Jorjina Rodriges bilan yangi munosabatlarni boshlab yuborganligi haqida gap so‘zlar ommalashdi.

Xususan Rodrigesning “The Best” sovrinini topshirish marosimida zalga Ronaldu bilan kirib kelishi barchasiga oydinlik kiritib berdi

“Goal” nashri esa Ronalduning mahbubasi Jorjina Rodriges haqida siz bilishni istagan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Xo‘sh, Jorjina Rodriges kim o‘zi?
Rodriges asli Ispaniyaning shimoli-sharqida joylashgan Jaka shaharchasida tavallud topgan.
Madriddan 450 km uzoqlikda, Fransiyaga chegaradosh shaharchaning aholisi 13 ming kishidan iborat.

Jorjina Angliyaga oilasi bilan ko‘chib o‘tishdan oldin o‘zi tug‘ilib o‘sgan Jaka shahridagi kichik restoranlarning birida ofitsiant bo‘lib ishlagan.
So‘nggi vaqtlarda Madridda “Gucci” kompaniyasi do‘konlaridan birida sotuvchilik bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, Rodrigesga raqqosalik kasbi ham begona emas.
Lekin Rodriges Ronalduni uchratganidan beri unga bo‘lgan e’tibor tufayli modelerlik bilan shug‘ullana boshlaydi.

Ronaldu Jorjinani qanday uchratib qoladi?
Futbol yulduzi Ronaldu yangi ma’shuqasini ilk marta Madridda “Dolce & Gabbana”ning VIP maydonchasida uchratib qolgan.
Paparatssi ularni birgalikda jamoat joyida suratga tushirishga muvaffaq bo‘ladi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Parijdagi Disneylendda yasama soch va ko‘zoynak taqib olgan Ronalduni yonidagi Jorjina orqali darhol tanib qolishadi.


Munosabatlar mana shunday tarzda rivojlanishni boshlaydi.

Rodriges tobora Ronaldu ishtirokidagi “Real” o‘yinlarini bevosita stadiondan tomosha qilishni boshlaydi.
Vaqt o‘tib, ispaniyalik model Ronalduning onasi, singillari va o‘g‘li bilan FIFA marosimlarida qatnashishni boshlaydi.

Jorjina kichik Krishtianu va Ronalduning onasi Dolores xonim bilan ham birga bir necha marta jamoatchilikka ko‘rinish berdi.

Jorjina hayotini Ronaldu bilan davom ettiradimi?
Kim bilsin? Futbolchi va Rodriges o‘rtasidagi munosabatlar mana Ronaldu Irina Sheyk bilan ikki yil avval ajrashganidan beri davom etib kelmoqda.
Jorjina yaqinda Ronalduga o‘zining birinchi, umuman esa to‘rtinchi farzandni tuhfa qildi.

Ma’lumki, kichik Ronaldu 2010 yilda AQShda tug‘ilganidan beri uning biologik onasining kimligi qat’iy sir saqlanib kelinadi.
Bundan tashqari, yaqinda tug‘ilgan egizaklar onasining shaxsi ham ommaga ma’lum qilinmagan.

Shunisi aniqki, Jorjina hozirda Ronalduning barcha farzandlari bilan bog‘lanib qolgan.

Ularning munosabatlarini mantiqiy davomi esa qonuniy nikohdan o‘tishdir. Ronaldu yaqinda 2018 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Jorjina Rodrigesga rasman uylanishini aytib o‘tgandi.

Ko‘ramiz, Ronaldu bergan va’dasiga qanchalik vafo qiladi.

Jorjina Ronaldu o‘yinlarini doimiy ravishda stadionda kuzatib boradimi?
Jorjina bir necha marta “Real” o‘yinlarida ko‘rinish bergan. Odatda u kichik Krishtianuning yonida gaplashib o‘tirgan holda kameralar nigohida paydo bo‘ladi.

Rodriges shuningdek, Chempionlar Ligasi finalida “Yuventus” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan Ronalduni qutlash uchun maydonda ko‘rinish bergandi.

Umuman olganda, Ronaldu va Jorjina juftligi hozirda baxtli lahzalarni birgalikda tarixga muhrlashmoqda.

Rodrigesning Instagram’dagi sahifasiga nazar tashlaganimizda shunga amin bo‘ldikki, Jorjina hozirda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tarbiya qilish bilan band.

Shuningdek, o‘zi bundan bir necha kun avval (13 noyabr) Ronalduga tuhfa etgan Allana Martina bilan birga tushgan suratlarini sahifasiga joylab borishni kanda qilmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu nega Irina Sheykdan voz kechib Jorjinani tanladi? (Foto)