Shu yilning 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol bo‘yicha 2017 yilning “Eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marosimda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha joriy yilning eng yaxshilari aniqlanadi. Jumladan, “Yilning eng yaxshi futbolchisi”, “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”, “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”, “Yilning eng yaxshi futzalchisi”, “Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi”, “Yilning eng yaxshi klubi”, “Eng yaxshi futbol akademiyasi”, “O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy”,“Fair Play” sovrini egasi va “Yoshlar ligasi g‘olibi”.
Bu yil O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berish yo‘li bilan aniqlashini ham ta’kidlab o‘tish zarur.
Marosimda estrada yulduzlari va xalqimiz sevgan qo‘shiqchilar chiqish qiladi.
Taqdirlash marosimida viloyat futbol federatsiyalari mas’ullari, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar rahbarlari, futbolchilar, murabbiylar, futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, yurtimizdagi chet el davlatlarining elchixonalari, turli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etadi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi