4 986
OFK Chempionlar Ligasidagi mukofot pullarini oshirdi. G‘olib endi 4 million dollar oladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Osiyo Chempionlar Ligasi va undan keyingi o‘rinda turuvchi OFK Kubogi musobaqasining mukofot pullarini oshirdi. Bu haqda tashkilot «rasmiy sayti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Bungacha OChLda g‘olib chiqqan jamoalar 3 million AQSh dollari olib kelayotgan bo‘lsa, endilikda g‘olib 4 millionga ega chiqadi. Finalda to‘p surgan jamoa esa 2 millionlik bo‘ladi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston klublari shu vaqtga qadar finalga yetib bora olmagan. Hozirgacha «Paxtakor» va «Bunyodkor» klublariga 2 martadan yarim finalda to‘p surish baxti nasib qilgan.
Tashkilot so‘zlariga ko‘ra, mukofot pullari borasida OChL faqatgina Yevropa Chempionlar Ligasidan ortda. Qolgan qit’a klublari o‘rtasidagi turnirlar bu borada Osiyo qit’asi bilan raqobatlasha olmaydi.
Kelasi mavsum OChLda «Lokomotiv», «Nasaf» va «Paxtakor» kabi O‘zbekiston klublari ishtirok etadi. Agar ular guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tsa, 100 ming dollarga ega chiqadi. Avvallari bu ko‘rsatkich 80 mingni tashkil etardi.
Chorak finalga yetib borilgani uchun 150 ming dollar va’da qilingan, yarim final ishtirokchilari esa 250 ming AQSh dollarini o‘ziniki qilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi