
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovich, yarim himoyachi Nemanya Matich va himoyachi Fil Jonslar Angliya Premer-Ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tdi.
Maruan Fellaynining holatiga esa ertaga aniqlik kiritiladi. Shu o‘rinda, Manchester derbisini Maykl Kerrik va Erik Bayilar jarohati bois o‘tkazib yuborishlarini qayd etish joiz.
Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" qarama-qarshiligi 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.30 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar