O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqa munosib ishtirok etib, yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Vakillarimiz dastlab guruhda Myanmaga qarshi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Vetnam terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz a’zolari finalga yo‘l olishdi.
Finalda qit’amizning kuchli terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan Ravshan Haydarov shogirdlari ikki marta hisobda oldinda borishdi. Ammo yaponiyalik futbolchilar uchrashuvning asosiy vaqtida mag‘lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Penaltilar seriyasida ishonchli harakat qilgan terma jamoamiz a’zolari baribir eng kuchli ekanliklarini isbotlay olishdi.
Ushbu musobaqada ajoyib o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan terma jamoamiz yarim himoyachisi, "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Javohir Siddiqov musobaqaning "Eng yaxshi o‘yinchisi" sovriniga munosib deb topildi.
"Bu O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi dastlabki shaxsiy sovrinim. Terma jamoadagi barcha do‘stlarimga, murabbiylarga katta rahmat aytmoqchiman. Bu hali boshlanishi. Katta g‘alabalar hali oldinda", - deydi Javohir Siddiqov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda