22:19 / 20.12.2017
4 912

“Real” Madrid mutaxassisi Kiko Zuniga O‘zbekistonga yetib keldi

“Real” Madrid mutaxassisi Kiko Zuniga O‘zbekistonga yetib keldi
Avvalroq, O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida viloyatlar to‘rtta hududga bo‘lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Aynan mana shu maqsadda, serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Milosavlevich ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Shuningdek, bugun, 20 dekabr kuni bolalar futboli bo‘yicha yana bir mutaxassis, “Real Madrid” akademiyasida faoliyat yurituvchi ispaniyalik Kiko Zuniga ham Toshkentga yetib keldi.

Kiko Zuniga O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining dasturini taqdim etdi.

O‘FF rahbariyati tomonidan bu dastur o‘rganib chiqilib, ma’qul deb topilsa, Kiko Zuniga bilan ham shartnoma imzolanadi.

Ispaniyalik mutaxassis hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u yerdagi holatni o‘rganish maqsadida, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich esa Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ish boshlashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Madrid mutaxassisi Kiko Zuniga O‘zbekistonga yetib keldi