Ozarbayjonda yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha «A.Agalarov Cup-2017» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Boku shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Sardor Kamolmirzayev (-49 kg), Samandar Xolmurodov(-52 kg), Abdumalik Xalakov(-56 kg), Halim Utegenov(-60 kg), Jahongir Rahmonov(-64 kg), Manguberdi Abdurasulov(- 69 kg), Navo Tamazov(-75 kg), Jamshidbek Xudoyberganov(-81 kg), Javohir Tog‘aymurodov(- 91 kg), Timur Otaboyev(+91) kabi iste’dodli bokschilarimiz himoya qildi.
Musobaqada Halim Utegenov va Jahongir Rahmonov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchgan Sardor Kamolmirzayev va Javohir Tog‘aymurodov ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, bokschilarimizdan Navo Tamazov, Timur Otaboyev hamda Samandar Xolmurodov terma jamoamizga bronza medalni keltirdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ikkitadan oltin va kumush hamda uch bronza medalni qo‘lga kiritib, umum jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar