
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqa klubga ketishni xohlamoqda.
The Daily Record xabariga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishni iltimos qilgan. Portugaliyalik futbolchining fikriga ko‘ra, uning transferi uchun bundan ortiq mablag‘ni hech kim to‘lamaydi.
Ayni paytda, 32 yoshli futbolchining vakillari «PSJ» va «Manchester Yunayted» vakillari bilan aloqaga chiqqan. Aynan shu ikki klub Ronaldu uchun da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 1 milliard yevroga teng. Krishtianuning fikriga ko‘ra, u hech qanday ma’noga ega emas.
Bundan avvalroq, Ronaldu klub rahbariyati Florentino Peresdan Messi va Neymar darajasida maosh tayinlashni iltimos qilgan, biroq rad javobini olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar