5 005
O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ydi. Osiyo Chempionati 10 kundan so‘ng start oladi
Yana 10 kundan so‘ng 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati start oladi. Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston termasi ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik futbolchilar «A» guruhida Xitoy, Qatar va Ummonga qarshi kurash olib boradi. 9 yanvar kuni Qatarga, 12 yanvar kuni Xitoyga va 15 yanvar kuni Ummonga qarshi uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Kecha — 30 dekabr kuni Ravshan Haydarov bilan safar oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Rejaga ko‘ra, jamoa 5 yanvar kuni Xitoyga jo‘nab ketdi.
Musobaqada chempion bo‘lib qaytishni rejalashtirganmiz. O‘FF rahbariyati oldimizga shunday talab qo‘ydi. Bu yo‘lda tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.
Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi
Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi
Xitoydagi turnir Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma bermaydi. Shundan kelib chiqib, unga jiddiy munosabatda bo‘lish shartmidi, degan savol Ravshan Haydarovga yoqmadi. U Osiyo Chempionatini muhim musobaqa deb hisobladi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston termasi finalga qadar yetib borsa, hal qiluvchi o‘yin 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 30 yanvar kuni esa «Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off o‘yinida ishtirok etadi. 2017 yil hisobidan «Paxtakor» Qarshi klubining 6 futbolchisi bilan shartnoma tuzdi. Ravshan Haydarov esa «Nasaf»ning yana 5 futbolchisini termaga jalb qildi. Demak, «Nasaf»da tayyorgarlik uchun imkoniyat deyarli bo‘lmaydi.
Eng birinchi o‘rinda terma jamoa manfaati turadi. Men Ro‘ziqul Berdiyevga minnatdorchilik bildiraman. U nafaqat futbolchilarini og‘rinmay berdi, balki Qarshida ko‘ngildagidek yig‘in o‘tkazib olishimiz uchun ham barcha sharoitni yaratib berdi. Futbolchilari formada bo‘lmasa-da, bizga qarshi ikki o‘yin tashkil qilib berdi.
Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi
Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi
Ravshan Haydarov uning o‘rnida bo‘lganida ham o‘z klubi manfaatidan, terma jamoa manfaatini ustunroq ko‘rishi haqida aytib o‘tdi. U ikki yil muqaddam Samvel Babayan boshqargan xuddi shunday jamoada ishlagan bo‘lib, yakunda terma jamoa sharmandali natija qayd etgan va guruhdan chiqa olmagandi. Buning sababini Haydarov jamoaning tarqoq bo‘lgani bilan izohladi. Hozirgi jamoasi esa unday emasligi borasida hammani ishontirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!