
«Barselona» mana yetti o‘yinki «Real Sosedad» jamoasini safarda mag‘lub etmagan edi.
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan bahsda «Barselona» klubi safarda «Real Sosedad» ustidan 2:4 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida mehmonlar ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan edi – gol mualliflari Joze Villian va Xuanmi. Tanaffusga qadar Paulino bitta to‘p farqini yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi bo‘limning avvalida esa Luis Suares hisobni tenglashtirdi. So‘ngra urugvaylik futbolchi dubl qayd etib jamoasini oldinga ham olib chiqdi va o‘yindagi oxirgi nuqtani Lionel Messi qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
«Barselona» mana yetti o‘yinki «Real Sosedad» jamoasini safarda mag‘lub etmagan edi. So‘nggi marotaba «Anoeta» stadionida 2007 yili zafar quchgan ekan.
Musobaqa jadvalida «Barselona» yaqin ta’qibchisi «Atletiko» jamoasidan 9 ochko o‘zib ketgan va «Real» klubidan esa 19 ochko. Ular hisobida bitta o‘yin bor.
Ispaniya chempionati, 19-tur
Real Sosedad – Barselona 2:4 (2:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 11 Villian Xose, 2:0 – 34 Xuanmi, 2:1 – 39 Paulino, 2:2 – 50 Suares, 2:3 – 71 Suares, 2:4 – 85 Messi.
Real Sosedad – Ruli, Odriosola, Lorente, Navas, Rodriges, Kanales, Ilyarramendi, Surutusa (Subeldiya, 56), Xuanmi (Oyarsabal, 60), Priyeto (Yanuzay, 78), Villian Xose.
Barselona – ter Stegen, Serxi Roberto, Pike, Vermalen, Alba, Paulino (Dembele, 65), Rakitich, Buskets, Andre Gomesh (Din, 80), Messi, Suares (Denis Suares, 90).
Ogohlantirishlar: Serxi Roberto (60), Ilyarramendi (63), Oyarsabal (84), Pike (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing