20:00 / 18.01.2018
4 504

Ravshan Haydarov: "G‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz"

Равшан Ҳайдаров: "Ғалаба учун бор куч ва имкониятимизни ишга соламиз"
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov chorak final uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida raqib juda kuchli ekani va ushbu uchrashuv futbolchilar uchun juda katta ahamiyat kasb etishini ekanini ta’kidladi.

“Biz uchrashuvning qay darajada muhimligini bilamiz. Futbolchilar raqib kuchini va ularning saviyasini bilishadi. Aytishim mumkinki, futbolchilar butun kuch va imkoniyatlari bilan uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun harakat qilishadi.

Guruh bosqichida yo‘l qo‘ygan xatolarimizni tahlil qilib chiqdik. Pley-off bosqichida raqib xatolarni kechirmaydi. Futbolchilar ham buni yaxshi bilishadi va uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik olib borishdi. Yaponiya ancha kuchli va saviyali jamoa. Ularni mag‘lub etish uchun bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz.

“Ha, Yaponiyaga qarshi Tailanddagi turnirda o‘ynaganmiz. Ammo, u turnir xalqaro o‘rtoqlik maqomida va unda boshqacha kayfiyat edi. Bu rasmiy turnir va unda tayyorgarlik va kayfiyat boshqacha. Biz Yaponiyani o‘rganib chiqdik va ularga qarshi reja tuzganmiz. O‘ylaymanki, futbolchilar muhim uchrashuvga jiddiy qaraydilar va g‘alaba uchun bor kuchlarini berishadi”, - deydi Haydarov.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "G‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz"