Xabaringiz bor ertaga Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining chorak finalida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Terma jamoamiz ustozi ushbu muhim bahs oldidan OFK rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu bahs boshqacha bo‘ladi. Chunki, OFKning rasmiy va o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarida katta farq bor.
Biz avvalambor ruhiy o‘zgarishga katta e’tibor qaratdik. Chunki, bu musobaqada faqat eng yaxshi jamoalargina ishtirok etishadi. Yaponiya ham o‘zgarmaganiga aminman.
Biz tayyorgarlik doirasida raqib jamoa o‘yinini chuqur tahlil qildik va shu bilan birga ba’zi ichki jihatlarga o‘zgartirishlar kiritdi.
Biz joylashgan guruh chindanam qiyin guruh edi. Hozir esa hammasi boshqacha. Eng kuchli sakkiz terma jamoa hamon shu yerda. Ular uchun har bir o‘yin finaldek o‘tadi.
O‘z navbatida biz ham Yaponiyaga qarshi o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biridir”, - deydi Haydarov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Uchrashuv Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar