15:32 / 19.01.2018
7 116

“Uzbek Tigers”ning Kubaga boradigan to‘liq tarkibi bilan tanishing

“Uzbek Tigers”ning Kubaga boradigan to‘liq tarkibi bilan tanishing
Xabaringiz bor, 9-10 fevral kuni Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumida “Uzbek Tigers” jamoasi o‘z ishtirokini boshlaydi. Amerika jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan jamoamiz ilk uchrashuvni safarda o‘tgan mavsum finalchisi “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur janglarda 52, 60, 69, 81, +91 kg vazn toifalarida o‘zaro to‘qnash kelishadi. Asosiy tarkibdan esa Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov, Mahmud Gaipov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov singari mahoratli bokschilarimiz o‘rin olishgan.

Shuningdek, murabbiylar shtabi ushbu uchrashuv uchun zaxira tarkibiga ham aniqlik kiritgan.
52 kg: Xudoynazar Fayzov
60 kg: Shukurjon Rahimov
69 kg: Fazliddin Meliboyev
69 kg: Bobousmon Boturov
81 kg: Madiyar Saidrahimov
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev
81 kg: Qozimbek Mardanov
81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+91 kg: Aziz Mullajonov
Eslatib o‘tamiz, guruhda ikkinchi jangni ham jamoamiz kubalik bokschilarga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 23 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers”ning Kubaga boradigan to‘liq tarkibi bilan tanishing