17:19 / 22.01.2018
6 036

O‘zbekiston futbol federatsiyasi endi ispancha tizimda ishlaydi (Foto)

O‘zbekiston futbol federatsiyasi endi ispancha tizimda ishlaydi (Foto)
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib turibdi.

Umid Ahmadjonov kecha, 21 yanvar kuni “Real” Madrid klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilo Butrageno, “Stellar group” agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo‘limi prezidenti Luis Alonso bilan ko‘rishgandi.

Bugun, 22 yanvar kuni Ispaniya futbol federatsiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Umid Ahmadjonov Ispaniya FF Texnik direktori Fernando Yerro va Murabbiylar tayyorlash Qo‘mitasi direktori Eduardo Katurla bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga ko‘ra endilikda O‘zbekistonning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari Ispaniyadagi ochiq chempionatlarda ishtirok etadi.

Shuningdek, Superliga klublari vakillari Ispaniyaning “Real” Madrid, “Barselona” kabi kuchli jamoalariga safar uyushtirib, bu klublarning ish olib borish tizimi, infratuzilmasi, mashg‘ulotlar olib borish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi.

Ispaniya FFning faoliyatini yaqindan o‘rganish maqsadida shu yilning mart oyida O‘zbekiston futbol federatsiyasi delegatsiyasini Ispaniyaga yuborish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Ispaniya FFdan ham delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular tomonidan ajratilgan Texnik direktor o‘zbek futbolini rivojlantirishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Endilikda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ham Ispaniya futbol federatsiyasidagi tizim asosida ish olib boradi.
Hattoki, O‘FFdagi shtat birliklarini ham Ispaniya FFdagi bilan bir xil asosda tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, bugun Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi prezidenti Xulio Ronko bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol federatsiyasi endi ispancha tizimda ishlaydi (Foto)