O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo chempionatining yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi to‘p suradi.
Futbolda Osiyo chempioni degan unvonlarimiz sanoqli. Osiyo o‘yinlaridagi bir g‘alaba va o‘smirlarimizning chempionligi bor xolos. Mana endi, O‘zbekiston U-23 jamoasida ham tarixda shunday iz qoldirish uchun ajoyib imkoniyat bor.
Birinchi sabab
Bu yilgi turnirda Olimpiadaga yo‘llanma berilmaydi. Tabiiyki, qit’amizning kuchli jamoalari shunga qarab turnirga tayyorgarlik ko‘rishgan. Bu bilan ular musobaqaga past nazar bilan qaradi, demoqchi emasmiz. Shunchaki, ular o‘z rejalarini shunga moslab tuzishdi. Birinchi navbatda — Yaponiya. Kelgusi yozgi Olimpia o‘yinlari 2020 yilda ushbu mamlakat poytaxtida o‘tkaziladi. Yaponiyaliklar Xitoyga 2 yildan keyin bo‘ladigan turnirni o‘ylab, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarini olib keldi. Olimpiada vaqtida ular o‘sha nufuzli turnirda mamlakati sharafini himoya qiladigan yoshda bo‘lishadi.
Ikkinchi sabab
Ravshan Haydarov jamoasi kuchli raqiblarining bunday yondashuvidan unumli foydalanib qolsa bo‘ladi. Termada bugungi kunda o‘z jamoalarida yetakchiga aylanib ulgurgan iqtidorli futbolchilar yig‘ilgan. Ular ayni porlashi kerak bo‘lgan yoshda hozir. Ular uchun legionerlik faoliyati, milliy terma jamoa eshiklari ochiladigan ayni palla. Bor mahoratni ko‘rsatib qolishga, nega aynan futbolni tanlaganini to‘la-to‘kis isbotlaydigan kun, oy. Bugun Janubiy Koreya bilan, bir necha kundan so‘ng, nasib qilsa, finaldagi raqib bilan kechadigan o‘yinda aksar futbolchilarimizning kelgusi taqdiri hal bo‘lishi ham mumkin.
Eng asosiysi, yuqorida aytilganidek, aynan shu yigitlarda tarixga kirish uchun juda qulay imkoniyat bor.
Bugungi uchrashuv haqida
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun ushbu yarim final turnir tarixidagi birinchisi hisoblanadi. Janubiy Koreya esa, avvalgi turnir finalida o‘ynagan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yindan oldingi matbuot anjumanida «ushbu uchrashuvda futbolchilar haqiqiy shijoat ko‘rsatib, barchani yana bir marta xursand qiladi» deb ishonch bilan ta’kidladi.
Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Kim Bong Gilning gaplarida esa biroz xavotir sezildi: «Yarim finalga qadar yetib kelganimiz uchun shogirdlarimdan minnatdorman. O‘zbekiston bir maromda to‘p tepa oladigan, hujum va himoyada juda yaxshi o‘ynaydigan jamoa ekanligini ko‘rdim. Bizda kichik jarohatlar bor, futbolchilar charchagan. Ammo qo‘limizdan kelganicha harakat qilib, o‘z uslubimizni namoyish qilamiz. Raqibga qaraganda bir kun kam dam oldik, bu esa yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Lekin yutqazib qo‘ysak bu bahona bo‘lmaydi. Kamchiliklarimiz bor va o‘yindan o‘yinga ularni bartaraf etishga intilyapmiz».
Uchrashuv vaqti
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan ushbu bahs, bugun, 16:30 da boshlanadi. O‘yin «Sport» kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.
Manba: xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”