Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Koreyaga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va ushbu g‘alaba uchun futbolchilarning ota-onalariga rahmat dedi.
“Ollohga shukr, bugun g‘alaba qozondik. Ushbu g‘alabani men futbolchilarning ota-onalariga bag‘ishlayman. Ularni mard qilib tarbiyalaganlari uchun ularga rahmat”, - dedi Haydarov.
“Bugun futbolchilar ilk bor qo‘shimcha vaqtlarda to‘p surishdi va juda ko‘p kuch sarflashdi, ammo shunga qaramay, yakunda ajoyib va chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdik. Futbolchilar juda qiyin uchrashuvda mahoratlarini ko‘rsatishdi va kuchli raqibni mag‘lub eta olishdi. Koreya juda kuchli raqib va ularga qarshi uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilar edik, ammo, futbolchilar uchrashuvda haqiqiy mardlik va xarakter ko‘rsatishdi”, - dedi Haydarov.
“Ushbu g‘alabani qo‘lga kiritishga yordam bergan jamoa murabbiylar shtabi va tibbiyot shtabiga ham katta rahmat. Ular jarohat olgan futbolchilarning maydonga qaytishiga katta kuch sarf qilishdi. Murabbiylar ham o‘z ishlarini a’lo ravishda uddalashdi”, - dedi Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...