PSJ tarkibida to’p suruvchi 29 yoshli argentinalik yarimhimoyachi Anxel Di Mariya sport nashrlarining birida ayni paytdagi milliy terma jamoa holati haqida aytib bergan.
Futbolchining aytishicha, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jamoaning Messidan tashqari qolgan barcha a’zolariga 2018 yili Rossiyada o’tkaziladigan jahon chempionatida milliy jamoa tarkibidagi o’z o’rni uchun kurashishi kerakligini aytgan.
“Men o’zimni JCH-2018 da Argentina terma jamoasi tarkibida ko’ra olamanmi? Aslida yo’q! Sampaoli yetarlicha ochiq tarzda tarkibga allaqachon kirgan yagona odam gnom (Messi) ekanligini tushuntirib qo’ydi, qolganlar esa o’z o’rni uchun kurashishiga to’g’ri keladi. Shunday ekan, ayni paytda bo’shashish va JCHga borish imkoni cho’ntagingda deya o’ylash noto’g’ri bo’ladi” deydi Di Mariya.
Eslatib o’tamiz, 2018 yilgi Jahon Chempionati 14 iyun kuni boshlanib, 15 iyulda o’z nihoyasiga yetadi. Argentina terma jamoasi Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya bilan birga D guruhiga kiritilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...