
Bugun, 26 yanvar kuni Ispaniya kubogi musobaqasining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, “Barselona” yarim finalda jiddiy raqib “Valensiya” klubi bilan o‘ynaydi.
“Real”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Leganes” esa “Sevilya” bilan finalga chiqish uchun kurashadi.
Birinchi o‘rinda ko‘rsatilgan jamoalar ilk uchrashuvni o‘z uylarida o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, ilk o‘yinlar 31 yanvar kuni o‘tkazilsa, javob uchrashuvlar 7 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
31 yanvar
“Barselona” – “Valensiya”
“Leganes” – “Sevilya”
Javob uchrashuvlari
7 fevral
“Valensiya” - “Barselona”
“Sevilya” - “Leganes”
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Leganes” “Real” klubini musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Bugun “Barselona” Koutino debyutini o‘tkazgan o‘yinda “Espanol”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘llanma olgani haqida xabar bergandik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.