Kecha BAAning Dubay shahrida Xalqaro boks federatsiyasi AIBAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda AIBAning vaqtinchalik prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan Franko Falchinelli o‘rniga o‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov yangi vaqtinchalik prezident etib saylandi. Bungacha u vitse-prezident sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tashkilotga prezidentlik saylovlari joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kongressda AQSh, Rossiya, Fransiya, Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika, Kuba singari davlatlar bilan birga dunyoning 109 milliy federatsiyalari vakillari ishtirok etgan.
– Biz milliy federatsiyalar va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘rtasidagi aloqalarni tiklashimiz shart. Ularning AIBA moliyaviy boshqaruvi va uning yaxlitligiga bo‘lgan ishonchni qaytarish kerak, – deydi u. – O‘tgan yilgi kabi AIBA Ijroiya qo‘mitasi va UF dan yashirin bo‘lmagan hamda kunduzi amalga oshirilgan mustaqil auditlar bilan birga, AIBAning yuqori shaffofligi va korporativ boshqaruvni oshirishni anglatadi.
– Birlashish vaqti keldi, – deydi vaqtinchalik prezident kongressga tashrif buyurgan 250 nafar ishtirokiga qilgan murojaatida. – Bizning eng katta vazifamiz dunyo bo‘ylab boksni sevadigan va undan ilhom oladigan millionlab muxlislarni qaytarish.
Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov 2010 yildan beri Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uning nomzodi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi