
Xabaringiz bor, bugun OChL pley-off bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida “Iordaniya”ning “Al-Faysali” klubini qabul qilsa, “Paxtakor” safarda “Al-Garafa”ga qarshi bahs olib boradi.
Xo‘sh, agarda bir o‘yindan iborat mazkur qarama-qarshiliklarda asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmasa, unda nima bo‘ladi?
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, agarda, 90 daqiqada g‘olib nomi aniqlanmasa, ekstra taymlar bo‘lmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Al-Faysali” o‘yini 16.00, “Al-Garafa” – “Paxtakor” uchrashuvi esa 22.00 da start oladi.
Izoh: Vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar