
Xitoyda yakuniga yetgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining eng chiroyli goli muxlislar ovoziga ko‘ra aniqlanmoqda.
OFK rasmiy sayti buning uchun 10 ta eng sara golni tanlab olgan va uni muxlislar hukumiga havola qilgan. Gollar orasida ikki o‘zbekistonlik futbolchining aniq zarbalari ham bor. Aziz G‘aniyevning Janubiy Koreya darvozasiga urgan goli hamda Jasur Yaxshiboyevning Yaponiyaga urgan goli qit’a chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin.
Biroq peshqadam Nguyen Xai bo‘lib turibdi. Uning finalda O‘zbekiston darvozasiga jarima zarbasidan urgan goliga 6 mingdan ziyod vetnamliklar ovoz berib ulgurdi.

Foto: OFK
Agar siz so‘rovnomada ishtirok etishni istasangiz, keltirilgan havola yordamida OFK saytidagi ovoz berishda qatnashishingiz mumkin.

Foto: OFK
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar